AsosiyJamiyat

O`zbekiston benzin va dizel eksportini chekladi

'O`zbekiston benzin va dizel eksportini chekladi'ning rasmi

O`zbekistonda 15 iyuldan boshlab mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilgan avtobenzin va dizel yoqilg`isini eksport qilish vaqtincha chekladi. Bu Vazirlar Mahkamasi yg`ilishining 16 iyulda tasdiqlangan protokolida nazarda tutilgan, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Xabar qilinishicha, oxirgi oyda 15−16,5 ming tonna atrofida benzin eksport qilingan, «bu mamlakatning yonilg`iga bo`lgan 5−6 kunlik ehtiyoji degani».

Ma`lumotlarga ko`ra, eksport cheklovidan so`ng, birja savdosiga qo`yiladigan benzin hajmi oshirilgan, bu «narxlarning pasayishiga olib kelishi kerak».

Shu bilan birga, hukumat yoqilg`ini import qilishga cheklov o`rnatmagan.

Ma`lumot uchun: 

O`zbekistonda dizel yonilg`isining birja narxlari yil boshidan buyon deyarli 50 foizga — 10,82 million so`mdan 16,14 million so`mgacha oshgan. «O`zbekneftgaz» narx ko`tarilishini Brent markali neftning yuqori kotirovkalari va mamlakatga import neft mahsulotlarini olib kirishdagi vaqtinchalik qiyinchiliklar bilan izohlagandi.

    Boshqa yangiliklar