Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yig`ilishi yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumanida Markaziy bank joriy yil yakuni bo`yicha inflyasiya darajasi 12-14 foizlik koridorning quyi chegarasi atrofida shakllanishini prognoz qilayotgani qayd etildi.
Iqtisodiyotda mavjud zaxiralar va yalpi talabning joriy tendensiyalaridan kelib chiqib yil yakuni bo`yicha YaIMning real o`sishi 5,0-5,5 foiz atrofida bo`lishi taxmin qilinmoqda, avvalgi (aprel oyida) prognoz bo`yicha 3,5-4,5 foiz bo`lishi kutilgan edi. Shuningdek matbuot anjumanida, Markaziy bank YaIM o`sishi prognozini yana yaxshilangani qayd etildi.
Yangi prognozga ko`ra, Iqtisodiyotda mavjud zaxiralar va yalpi talabning joriy tendensiyalaridan kelib chiqib yil yakuni bo`yicha YaIMning real o`sishi 5,0-5,5 foiz atrofida bo`lishi taxmin qilinmoqda (avvalgi prognoz 3,5-4,5 foiz edi). Inflyasiya darajasi 12-14 foizlik koridorning quyi chegarasi atrofida shakllanadi.
Bunda tartibga solinadigan narxlar oshirilishining keyinga qoldirilishi inflyasiya bo`yicha optimizmga turtki berayotgan bo`lishi mumkin.
Matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov, yurtimizda inflyasiyaning 2023 yil uchun mo`ljallangan targeti 2024 yilga ko`chishini qayd etdi.
Mamlakatimizga kelayotgan pul o`tkazmalarining ichki valyuta bozorida qanday harakatlanayotganligi muhim hisoblanadi.
Anjumanda Markaziy bank raisi pul o`tkazmalari bo`yicha holat omillari haqida quydagi ma`lumotlarni berdi.
Rossiyada naqd valyuta va naqdsiz valyuta kursi o`rtasida 15-30 foizgacha farq yuzaga kelgan. Migrantlar norasmiy pul o`tkazmalarini rasmiy kanallar orqali o`tkazishga o`tgan.Pul o`tkazmalari oshganiga ta`sir o`tkazgan yana bir omil: Naqd pulda eksport qilish hajmi ko`paydi. Dastlabki baholashlarga ko`ra, iyun oyi eksportining 10 foizi atrofidagi tushumi naqd ko`rinishida yuz bergan.






