Ushbu savolga Xalq ta`limi vazirligi tomonidan quyidagicha javob berildi:
Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to`g`risidagi Nizom”da yagona maktab formasiga qo`yilgan talablar xususida atroflicha ma`lumot berib o`tilgan.
Unga ko`ra, qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda bo`lishi, qishki o`qish davrida o`quvchi-qizlar yagona maktab formasiga mos shim kiyishlari mumkinligi belgilangan.
Shunga ko`ra, ota-onalar o`quvchi-qizlarning yubkasini 5-15 sm.gacha uzunroq fasonda tiktirishi mumkinligi ma`lum qilindi.
Avvalroq, yagona formani nafaqat bozordan sotib olish, balki ota-onalar o`zi xohlagan tikuvchiga belgilangan tartibdagidek tiktirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.






