Davlat statistika qo`mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, 21 iyul holatiga hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida suyakli mol go`shti 45 mingdan 77 ming so`mgacha sotildi. 1 kg qo`y go`shtining narxi esa 55 mingdan boshlanib, 89 minggacha chiqqan.
Shu jumladan, 1 kg piyoz 3 mingdan 8,5 ming so`mgacha sotilgan, kartoshkani esa 2 ming so`mdan 7 ming so`mgacha topsa bo`ladi.
Sabzi 1 300 so`mdan 6 000 so`mgacha, guruch bo`lsa, 5 000 so`mdan 22 000 so`mgacha aholiga berilgan. 10 dona tuxumning narxi 7 mingdan 15 ming so`mgacha etgan.
Xo`sh, o`simlik yog`i narxida o`zgarish bormi?
Qayd etilishicha, uni 15 600 dan 30 000 so`mga qadar bo`lgan narxlarda xarid qilsa bo`ladi (1 litr hisobiga).
Shuningdek, 1 kg shakar narxi 11 000 so`mdan 18 000 so`mgacha sotilgan.






