AsosiyJamiyat

Jizzaxda "Hyundai" butunlay yonib ketdi

'Jizzaxda "Hyundai" butunlay yonib ketdi'ning rasmi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida engil avtomobil yonib ketdi. Bugun, 21 iyul kuni sodir bo`lgan holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma`lumot bermoqda. 

Qayd etilishicha, 1979 yilda tug`ilgan fuqaro J. E. boshqaruvida bo`lgan “HYUNDAI SANTA FE” Paxtakor tumani “Chamanzor” QFY hududidan o`tuvchi UR-38 avtomobil yo`lining 1-kilometrida Paxtakor–Jizzax yo`nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida transport vositasining motor qismida yong`in chiqqan. Haydovchining yong`inni o`chirishga harakatlari foyda bermaganidan keyin, guvohlardan biri “101” qisqa raqami orqali xabar qilgan.

Hodisa oqibatida avtomashina to`liq yonib, yaroqsiz holatga kelib qolgan. Jabrlanganlar yo`q. Ko`rilgan moddiy zarar miqdori taxminan 586 million so`mni tashkil etayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar