Shu kunlarda aholi orasida ichimlik suvi quvurlari va jo`mraklar orqali vabo kasalligi tarqalishi mumkinligi to`g`risida mish-mishlar tarqalmoqda.
“O`zsuvta`minot” AJ Axborot xizmati rahbari ushbu mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Matbuot kotibi fuqarolardan bu kabi yolg`on xabarlarga ishonmasliklarini va jo`mraklardan suv ichmaslik to`g`risidagi chaqiriqlarga quloq solmasliklarini so`radi.
Ta`kidlanishicha, ichimlik suvi sifati respublikadagi 79 ta laboratoriya tomonidan kunu tun har tomonlama nazorat qilinib, suv tarmoqlari yoki jo`mraklar orqali biron-bir kasallik tarqalishiga yo`l qo`yilmaydi.
Ular tomonidan har oyda turli tahlillar uchun o`rtacha 17 200 ta namuna olinadi.
Ichimlik suvini aholiga etkazib berishdan oldin suv suyuq xlor, natriy gipoxlorit, kalsiy gipoxlorit kabi xlorli reagentlar bilan zararsizlantiriladi.






