Qutqaruvchilar voqea joyida ularni hushini yo`qotgan hollarida topishgan. Bu haqda viloyat FVB xabarida so`z boradi.
Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyat Favkulodda Vaziyatlar Boshkarmasining navbatchilik kismiga bir gurux fukarolar tomonidan hodisa bilan bog`liq chakiruv kelib tushgan va shaxarda joylashgan erosti kuvuri (kanalizasiyaga) 2 nafar fukaro tushib ketganligi aytilgan.
Hodisa yuzasidan boshkarmaning tezkor kutkaruv otryadi xodimlari vokea joyiga borib, maxsus kutkaruv vositalari yordamida xar ikki jabrlanuvchilarni soat 14:00 da chukurlikdan olib chikishga muvaffak bulishgan.
Ushbu xolat sababi urganilganda, ular uzboshimchalik bilan belgilanmagan tartibda maxsus kiyimboshsiz, er osti suv kuvurini ta`mirlash maksadida tushganligi aniklangan.
"Tabiyki chukurlik masofasi 10 metrdan ziyod bulganligi uchun havo etishmasligi okibatida xushsiz xolatga kelib kolishgan",-deyiladi xabarda.
Hozirda fukarolarga, birinchi yordam kursatish maksadida, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining Andijon mintakaviy filialiga yuborilgani aytiladi.






