AsosiyJamiyat

Safardagilar uchun layfxak: Kiyimlarni dazmolsiz dazmollash usulini bilasizmi?

'Safardagilar uchun layfxak: Kiyimlarni dazmolsiz dazmollash usulini bilasizmi?'ning rasmi

Sayohat, xizmat safari yoki biror yumush bilan boshqa davlat(shahar)ga boradiganlarni doim quyidagi savol o`ylantiradi:

Borayotgan shaharimdagi mehmonxonada soch quritgich, shaxsiy gigiena vositalari va dazmol bormikin?

Bu safardagi eng zarur narsalar bo`lsa-da, hamma mehmonxonalarda ham topilavermaydi. Ayniqsa, dazmol qilish aksariyat mehmonxonalarda alohida pulli xizmat sifatida yozib qo`yiladi. Siz qo`shimcha pul sarflashni istamaysiz. Shuningdek, kiyimlaringizni g`ijim holatda kiyishni ham.  

Nima qilish kerak?

Buning uchun mehmonxona yuvinish xonasida issiq suvni yoqib, dazmollanishi kerak bo`lgan kiyimlaringizni ilgichga yoyib osib qo`yasiz. Buni cho`milish davomida qilsangiz, suvning behuda sarflanishini ham oldini olgan bo`lasiz.

Yuvinish xonasi issiq suv bilan bug`langach, 3-5 daqiqada kiyimlaringiz g`ijimlari yoyila boshlaydi. Qarabsizki, ular xuddi bug`li dazmol bilan dazmollangandek tap-tayyor bo`ladi.

Sardorbek Rahmonqulov.

    Boshqa yangiliklar