Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan videolavhalar tarqalgandi.
Ayni paytda holat yuzasidan FFV hodisa yuzasidan izoh bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun Chilonzor tumani “Yakkatut” MFY Al-Xorazmiy ko`chasida joylashgan, qurilishi yakunlanmagan oshxonada yong`in yuzaga kelganligi bo`yicha Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji holatni bartaraf etish uchun etib borgan.
Voqea oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmagan.
Yong`in natijasida binoning 200 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangani aytilmoqda.
"Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 600 kv.m maydoni yong`indan saqlab qolingan. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyilmoqda xabarda.






