IIB holat bo`yicha ma`lumot berdi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 28 iyun kuni telegram ijtimoiy tarmog`idagi “Olimjon Xaydarov” hamda “QO’QONJONIM” kanallarida qoldirilgan “Qo`qon shahrida noqonuniy Cherkov faoliyat olib bormoqda” sarlavhali xabar qoldirilgan.
Biroq cherkovi pastori A.Ayrapetovning arizasiga asosan Qo`qon shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda Chust ko`chasi 51-uyda joylashagan “Vozrojdenie” nomli “Evangel” xristianlari cherkovi 2019 yildan boshlab rasmiy faoliyat yuritib kelayotganligi, Adliya vazirligining guvohnomasiga ega ekanligi, Evangel-xristian diniga e`tiqod qiluvchi fuqarolarga xizmat ko`rsatayotganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan to`plangan hujjatlar 2022 yil 22 iyul kuni jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudiga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan.
Hozirda ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 184 prim 3-moddasi ya`ni (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ`ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) bilan sud tomonidan blogerlar Olimjon Xaydarov va Komil Axmedovlarga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlanganini bildirilmoqda.






