Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ahamiyat qaratiladigan bo`lsa, mulkdan faqat sudning qarori bilan mahrum qilinish mumkin. Yuridik fanlari nomzodi, dosent, TDYuU kafedra mudiri Shohjaxon Xo`jaevning fikricha, mamlakatda xususiy mulkdan mahrum qilish to`g`risida qaror qabul qilinishi bilan birgalikda bunga yarasha tovon puli adolatli bo`lishini ham ta`minlash zarur.
Shohjaxon Xo`jaevning kelitirib o`tishicha, bu shahar chekkasidan berilgn er yoki taqdim etilgan pul mablag`i ko`rinishida bo`lishi mumkin.
"Ikkinchir bizning asosiy kafolatimiz shuki, tovon puli haqiqatdan ham bozor iqtisodiyoti sharoitida etarli bo`lishi lozim. Uchinchi ishimiz — rozilikni olish bo`ladi".
Deylik hamma qo`ni-qo`shnilar rozi bo`lgan, ammo bir shaxs ko`nmagan bo`lsa-chi?
"Bu masalalar ham ochiq qolgan. O`ylaymanki, shuning uchun ham konstitusiyaviy kafolatlar doirasida aynan mulkdorning roziligiga e`tibor qaratish lozim",-deydi dosent.






