AsosiyJamiyat

Rossiyada balandlikdan yiqilib, og`ir tan jarohati olgan o`zbekistonlik yigit Vatanga qaytarildi

'Rossiyada balandlikdan yiqilib, og`ir tan jarohati olgan o`zbekistonlik yigit Vatanga qaytarildi'ning rasmi

Bu haqqda Tagqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, asli Farg`ona viloyatidan bo`lgan M.O. 2021 yilning iyul oyidan buyon Kaliningrad viloyatida ishlaydi. Yurtdoshimiz ehtiyotsizlik oqibatida  mehnatga layoqatsiz bo`lib qoldi.

Qiyin ahvolga tushib qolgani fuqaro O`zbekistonga qaytishda yordam so`rab, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga murojaat qildi.

Murojaat o`rganilganida, M.O. qurilish ob`ektida ishlayotganda balandlikdan yiqilib tushish oqibatida umurtqa suyagi va oyog`i singani, uzoq muddatga mehnat qilolmasligi ma`lum bo`ldi.

Musofirchilikda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimizga yordam ko`rsatilib, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan aviachipta olib berildi va Kaliningrad – Sankt-Peterburg – Farg`ona yo`nalishidagi aviareys orqali O`zbekistonga qaytarildi.


 

    Boshqa yangiliklar