Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi qamoqxonada 20 yoshli yigit o`z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent viloyat prokuraturasi vaziyat yuzasida ma`lumot berdi:
Aniqlanishicha, 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo o`tayotgan mahkumlar A.Ya. va T.D. 2022 yil 19 iyun kuni koloniya boshlig`i tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga rioya qilmasdan, o`zlarining yashash sahniga kirish o`rniga 2-yashash sahnidagi tanishlari oldiga yashirin ravishda o`zboshimchalik bilan o`tib, hech kimning ruxsatisiz, tartibot qoidalarini buzgan holda oldindan adovati bo`lgan 5-turkumda jazo muddatini o`tab kelayotgan mahkum A.Yu.ning qadr-qimmatini kamsituvchi so`zlar bilan shaxsiyatiga tegib, qo`pol muomalada bo`lganligi holati koloniya xodimlari tomonidan aniqlanib, A.Ya. va T.D. lar intizomiy jazoga tortilgan.
Bundan norozi bo`lgan mahkumlar A.Ya. va T.D. lar binoning ikkinchi qavatidan koloniyaning taqiqlangan va yashash sahni tomonga qarab o`zlarini uloqtirishgan hamda mahkumlar A.Ya. va T.O.larga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Hozirgi kunda ularning sog`ligi qoniqarli holatda.
Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazildi va natijasiga ko`ra, ushbu holatda jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, jinoyat ishi qo`zg`atish rad etildi.






