AsosiyJamiyat

O`zbek va belarus kinoijodkorlari bilan hamkorlikda «Kazbek» nomli badiiy film suratga olinmoqda.

'O`zbek va belarus kinoijodkorlari bilan hamkorlikda «Kazbek» nomli badiiy film suratga olinmoqda.'ning rasmi

Ikkinchi jahon urushi davrida Belorussiya hududida jang qilib, nomi tillarda doston bo`lgan qahramon Mamadali Topiboldiev haqida O`zbekiston kinematografiya agentligi va Belorusfilm milliy kinostudiyasi bilan hamkorlikda yangi badiiy film suratga olinadi. 

Kazbek frontda ko`plab mardlik namunalarini ko`rsatgan urush qahramonlaridan biri hisoblanadi. E`tiborli jihati, 1940 yilda u o`ta muhim ishlar topshirig`ini bajarayotgan nemis josusini tiriklayin qo`lga olgan. Mazkur qahramonligi uchun Kazbek yuksak orden bilan mukofotlangan. Bugungi kunda Belorussiyaning Minsk shahridagi muzeyda uning nomi sharaf bilan e`tirof etilgan.

Kazbek har bir amalga oshirgan operasiyasidan so`ng daraxt yoki devorga «Kazbek» deb xanjarda o`yib o`z ismini yozib chiqqan. Bu dushmanga doim qo`rquv solib kelgan. Boshi uchun Gitler 50 ming marka mukofot va`da qilgan farg`onalik Kazbek obrazini Ulug`bek Qodirov  o`ynashi rejalashtirilgan. Bu  haqda Belorusfilm milliy kinostudiyasida tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o`tildi.

Filmni ko`plab muvaffaqiyatli badiiy filmlar yarata olgan Vladimir Krimov   tasvirga olishi  ko`zda tutilgan. Unda O`zbekiston, Belorussiya, Germaniya, Gruziya va boshqa xorijlik aktyorlar o`ynashi rejalashtirilgan. Sentyabr oyida poytaxtimizda bo`lib o`tadigan "Ipak yo`li-XIV" Xalqaro kinofestivalda mazkur filmning taqdimoti ham bo`lib o`tishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar