AsosiyJamiyat

Bugun ham O`zbekistonda anomal issiq havo kuzatiladi

'Bugun ham O`zbekistonda anomal issiq havo kuzatiladi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazning xabar berishicha, bugun 24 iyul kuni ham O`zbekistonda havo issiq bo`ladi. 

Maksimal harorat 38-43° atrofida, janubda ba`zi joylarda 45-47° gacha bo`ladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari bilan kuzatilishi mumkin. Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.  

Poytaxtimizda havo quyoshli bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 41-43° atrofida saqlanib turadi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 32-37° bo`ladi.

Shuningdek, 25-28 iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozi ham ma`lum qilindi. 

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi  joylarda o`zgarib turadi, 25 iyulda  Qoraqqalpog`istonda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 26-28 iyulda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 iyulda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchaydi, changli-to`zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 25-27 iyulda 24-29°, 28 iyulda 22-27°, kunduzi 32-37° bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 iyulda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchaydi, changli-to`zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 27-32°, kunduzi 25 iyulda 40-45°, 26 iyulda 38-43°, 27-28 iyulda 36-41° bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 iyulda 24-29°, 28 iyulda 22-27°, kunduzi 25-26 iyulda 38-43°, 27 iyulda 36-41°, 28 iyulda 34-39° bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 iyulda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchaydi, changli-to`zonlar kuzatiladi. Harorat 24-29°, kunduzi 25-27 iyulda 40-45°, ba`zi joylarda 47° gacha, 28 iyulda  39-44° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 25-27 iyulda 38-43°, 28 iyulda 35-40° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 iyulda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchaydi, changli-to`zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 25-26 iyulda 32-37°, 27-28 iyulda 30-35° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar