Ma`lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori bilan “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi 25 iyundan boshlab umumxalq muhokamasi uchun e`lon qilingan edi.
Konstitusiyaviy komissiya Matbuot xizmatining ma`lumotlariga ko`ra, Konstitusiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi davomida keng jamoatchilik tomonidan kelib tushgan umumiy takliflar soni 23 iyul holatiga 89 ming 807 tani tashkil etmoqda.
Shundan 67 ming 963 tasi 1341 qisqa raqami orqali, 20 ming 173 tasi “Meningkonstitutsiyam.uz” platformasi orqali, 1 ming 302 tasi fuqarolarning bevosita qabuli orqali, 369 tasi esa jamoaviy tarzda kelib tushgan.
Taklif beruvchilarning jins toifasiga e`tibor qaratadigan bo`lsak, Konstitusiyaviy islohotlar jarayonida erkaklar ayollarga nisbatan faol ishtirok etayotganini ko`rish mumkin. Ya`ni, 51 ming 301 ta taklifning tashabbuskori erkaklar, 33 ming 285 tasiniki esa ayollardir. 5 ming 221 ta taklif anonim tarzda kelib tushgan.






