AsosiyJamiyat

Toshkentga Afg`oniston muvaqqat hukumati delegasiyasi keldi

'Toshkentga Afg`oniston muvaqqat hukumati delegasiyasi keldi'ning rasmi

Bugun mamlakatimizga tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttakiy boshchiligidagi Afg`oniston muvaqqat hukumati delegasiyasi keldi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Delegasiya 2022 yil 25-26 iyul kunlari O`zbekiston poytaxtida bo`lib o`tadigan "Afg`oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Mehmonlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kutib oldi.

    Boshqa yangiliklar