Shu yilning 23 iyul kuni Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Jizzax shahri Ulug`bek mahallasida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushgan.
Unga ko`ra shu manzildagi ko`p qavatli 16 uyning lifti ishlamay qolgan. Natijada, lift ichida 1988 yilda tug`ilgan ayol to`qqiz oylik chaqalog`i bilan qolib ketgan.
Ko`p qavatli uyda yashovchilar lift eshiklarini o`zlari ochishga urinishgan. Harakatlari samara bermagandan so`ng qo`shinilar qutqaruvchilarga murojaat qilishgan.
Murojaat bo`yicha Jizzax viloyati FVB yong`in-qutqaruv otryadi zudlik bilan voqea joyiga etib borib, liftda qolib ketgan ona va chaqaloqni qutqarib olishgan.






