AsosiyJamiyat

"Konstitusiyaviy qonun loyihasi xalqimiz takliflari asosida maromiga etkazilmoqda" - Odiljon Tojiev

'"Konstitusiyaviy qonun loyihasi xalqimiz takliflari asosida maromiga etkazilmoqda" - Odiljon Tojiev'ning rasmi

Ayni damda “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Konstitusiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi qizg`in davom etmoqda. Bu jarayonda xalqimiz tomonidan minglab takliflar tushmoqda.

Mazkur qonun loyihasi parlament vakolatlari doirasida Konstitusiyaviy komissiya bilan Qonunchilik palatasidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari qo`mitalari mas`ulligida ko`rib chiqilmoqda.

Sizga ma`lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 15 iyuldagi qaroriga asosan, “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddati ikkinchi marta 2022 yil 1 avgustga qadar uzaytirildi.

Tabiiy savol tug`iladi: Nega bunday qarorga kelindi? Umumxalq muhokamasi muddatining uzaytirishning quyidagi 4 ta sabablari bor.

Birinchi sabab. Konstitusiyaviy komissiya a`zolari, deputatlar, senatorlar, olimlar, mutaxassislar ishtirokida joylarda o`tkazilayotgan uchrashuvlar, muloqotlarda loyiha bo`yicha xalqimiz bildirayotgan takliflarning soni va salmog`i ortib bormoqda. Bu esa, umumxalq muhokamasi uchun 10-15 kun muddat kamlik qilishini ko`rsatdi.

Konstitusiyaviy islohotlarning birinchi bosqichida, ya`ni 20 maydan 24 iyunga qadar fuqarolarimizdan 62 mingdan ortiq takliflar tushdi.

Ikkinchi sabab. Konstitusiyaviy qonun loyihasi bo`yicha salkam bir oy ichida 80 mingdan ortiq takliflar tushdi.

Takliflarning soni o`sish dinamikasi haqida gap ketganda, aniq raqamlarni keltirish o`rinli bo`ladi.

Sir emaski, Konstitusiyaviy komissiya tashkil etilib, takliflar yig`ish ishlari boshlangan 26 may-25 iyun kunlari jami 62 238 ta takliflar kelib tushgan edi. Konstitusiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqilib, umumxalq muhokamasi e`tiboriga havola etilgan sanadan, ya`ni 25 iyundan to 21 iyulga qadar jami 88 515 ta takliflar kelib tushdi.

Umumxalq muhokamasini e`lon qilish bo`yicha parlamentning ilk qarorida muhokama 25 iyundan to 5 iyulga qadar o`tkazilishi belgilangan edi. Muhokamaning birinchi o`n kunligida xalqimizdan qonun loyihasi bo`yicha 49 mingdan ortiq takliflar kelib tushgandi. Takliflar yo`llashdagi faollik kundan-kunga o`sib borishi kuzatildi. Deylik, muhokamaning ilk kunida 2771 ta takliflar berilgan bo`lsa, 6-kunga borib, kunlik takliflar soni 14 702 tani tashkil etdi. Ya`ni, har kuni kelib tushadigan takliflar soni qariyb 5 barobarga o`sgan vaqtlar ham bo`ldi.

Umumxalq muhokamasi muddati ikkinchi bor uzaytirilganida, ya`ni 5 iyuldan 15 iyulga qadar bo`lgan davrda kunlik takliflar o`sishida birmuncha barqarorlik kuzatilgan bo`lsada, ularning umumiy soni ko`pligicha qoldi, ya`ni ikkinchi o`n kunlikda yana 15 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi.

Bu esa parlament Quyi palatasi tomonidan yana bir bor umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirishga oid qaror qabul qilinishiga sabab bo`ldi.

Uchinchi sabab. Umumxalq muhokamasi jarayonida milliy qonunchilik bazasi va huquqni qo`llash amaliyotiga doir takliflar tinmayapti. Bu takliflarning har biri qonun ijodkorlari – OMQP uchun xazina. Xalqimizda muhokama kayfiyati etilgan avj pallasida muloqotning bu noyob shaklidan mukammal foydalanish, xalqimizning barcha yosh toifasini fikrini to`la eshitish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.

To`rtinchi sabab. Umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish to`g`risidagi parlament qarori fuqarolarimiz istak va talablaridan kelib chiqib qabul qilindi. Konstitusiya – mamlakatimiz, xalqimiz, millatimizning kelajagini belgilab beruvchi bosh hujjat. Bunday vaziyatda asosiy maqsad — jarayonni belgilangan taqvim asosida qat`iylik bilan o`tkazish emas, aksincha, xalq fikrini oxirigacha eshitish, so`ngra xulosa qilishdir. Bu jarayon esa shoshmashosharlikni Biz mana shu reja-maqsadga amal qildik.

Xususan, M.Azizova “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Xotin-qizlar va erkaklar gender tengligi davlat tomonidan kafolatlanadi” degan taklifni ilgari surgan bo`lsa, Toshkent shahridan Sh.Gaffarova 46-moddasiga ikkinchi qism sifatida "Davlat jamiyatning barcha sohalarida ayollar va erkaklar uchun imkoniyatlar tengligini kafolatlaydi" degan tahrirda qo`shimcha kiritishni taklif etgan.

Xorazm viloyatidan R.Qurbonboev 46-modda bo`yicha o`z taklifida “erkaklar va xotin qizlar belgilangan qonun doirasi asosida teng huquqlidurlar” degan tahrirda kiritishni so`ragan.

Umumxalq muhokamasi jarayonida parlament a`zolari hamda mahalliy Kengashlar deputatlari, siyosiy partiyalar, idora va tashkilotlar tomonidan hududlarda davlat organlari, mahallalar, korxona va muassasalarda jami 1 081 000 nafar fuqarolar ishtirokida o`tkazilgan 18 798 dan ziyod uchrashuvda konstitusiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazildi.

Hozirda Qonunchilik palatasining mas`ul qo`mitalari va Konstitusiyaviy komissiya kelib tushayotgan takliflarning barchasini ko`rib chiqib, o`zlarining asoslantirilgan xulosalarini tayyorlamoqda va qonun loyihasini maromiga etkazish ishlari bilan band.

Bir so`z bilan aytganda, Konstitusiyaning o`zi xalqning ruhiyati, tafakkuri va dunyoqarashi bilan sug`orilgan bo`lishi lozim. Shundagina u xalqchil Konstitusiya bo`ladi. Xalqimiz tomonidan berilgan takliflar so`zsiz konstitusiya normalarini yanada boyitadi. Zotan, har qanday demokrtik islohotlar mustahkam konstitusiyaviy-huquqiy asosga ega bo`lsagina bardavom va samarali bo`ladi.

Odiljon Tojiev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari,

Konstitusiyaviy komissiya Matbuot kotibi.

    Boshqa yangiliklar