24 iyul kuni Shavkat Mirziyoev qator xorijiy mamlakatlarning davlat rahbarlari va nufuzli siyosatchilari bilan telefon orqali muloqot qildi.
Udar davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog`lik, baxt-saodat hamda aholi turmush darajasini tubdan oshirish, demokratik jamiyat institutlarini mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyotini modernizasiya qilish va xalqaro mavqeini yuksaltirishga qaratilgan keng ko`lamli islohot va yangilanishlar strategiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Bu haqda Mirziyoev matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilishicha, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, bo`lajak sammitlar, shu jumladan ShXT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa tuzilmalarning yig`ilishlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an telefon orqali muloqot qidinib, unda O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqilgan.
Shuningdek, Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev Mirziyoevni birodar mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo`shganini ta`kidlagan.
Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov O`zbekiston rahbari bilan suhbatda esa O`zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o`rtasida do`stlik va birodarlik munosabatlari keyingi paytlarda yangi mazmun bilan boyiganini alohida ta`kidlangan.
Quyidagilar ham o`z tabriklarini yo`llagan:
- Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
- Armaniston Respublikasi Prezidenti Vaagn Xachaturyan;
- Mo`g`uliston Prezidenti Uxaagiyn Xurelsux;
- Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
- Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin;
- Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi Raisining o`rinbosari Dmitriy Medvedev;
- Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
- Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
- Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;
- Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag`dod Amreev;
- Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay`ati raisi Mixail Myasnikovich;
- Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
- Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili.






