AsosiyJamiyat

Bugun ham issiq harorat saqlanib turadi - "O`zgidromet"

'Bugun ham issiq harorat saqlanib turadi - "O`zgidromet"'ning rasmi

Bugun O`zbekistonda havo hali ham issiq bo`ladi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari bilan kuzatilishi mumkin. Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 38-43°, janubda ba`zi joylarda 47° gacha, shimolda 32-37° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo quyoshli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 41-43° atrofida saqlanib turadi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 32-37° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar