AsosiyJamiyat

Davlat rahbarining bu haftadagi ish rejasi e`lon qilindi

'Davlat rahbarining bu haftadagi ish rejasi e`lon qilindi'ning rasmi

Prezident matbuot kotibi brifingi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning an`anaviy dushanba brifingi biroz tanaffusdan so`ng yana qayta tiklandi va kelgusi haftadan yangi formatda davom etadi.

Davlat rahbarining bu hafta ish rejasi quyidagicha:

Tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini joriy etish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

 28-29 iyul kunlari Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining yig`ilishi bo`lib o`tadi. Shavkat Mirziyoevning Tashkilot tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvi ko`zda tutilgan.

 25-26 iyul kunlari Toshkentda Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi va unda 20 dan ortiq davlat delegasiyalari ishtirok etadi. Ularga Prezident murojaati yo`llanadi.

Brifingda o`tgan hafta davlat rahbari ishtirokidagi tadbirlar haqida ham batafsil axborot berildi.

    Boshqa yangiliklar