AsosiyJinoyat

To`raqo`rg`on tumanida qalbaki 14 200 AQSh dollarini muomalaga kiritgan shaxslar qo`lga olindi

'To`raqo`rg`on tumanida qalbaki 14 200 AQSh dollarini muomalaga kiritgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To`raqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqarolar X.A. va A.Sh. qalbaki 5 200 AQSh dollarini fuqaro L.ga 1 600 AQSh dollari va 10,9 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan qalbaki 14 200 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, chet el valyutasini ayirboshlashni faqat bank muassasasi yoki uning shahobchalari orqali amalga oshirishingizni so`rab qolamiz, bu bilan nafaqat o`zingizni asragan bo`lasiz, balki qalbaki valyuta qimmatliklariga duch kelishni oldini olasiz" deya ogohlantirish bermoqda Prokuratura Departamenti.

    Boshqa yangiliklar