AsosiyJamiyat

Novosibirskda 2 nafar o`zbekistonlik yigitning pasportlari tortib olindi

'Novosibirskda 2 nafar o`zbekistonlik yigitning pasportlari tortib olindi'ning rasmi

O`zbekistonlik yigitlarning pasportlari “o`rtakash”dan olib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekistondan Novosibirsk shahriga ishlash maqsadida borgan 2 nafar yurtdoshimizga "Rossiyada ishlash huquqini beruvchi hujjatlar tayyorlab beraman", deb pasportlari olib qo`yilib, qaytarib berilmaydi.

Mazkur murojaat o`rganilib, mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakilligi xodimlari va hududdagi huquq-tartibot idoralari vakillari yordamida olib berildi.

Pasportlarni olib qo`yigan “o`rtakash”lar Rossiya Federasiyasining tegishli qonunchiligi bo`yicha javobgarlikka tortilishi tushuntirildi.

 

    Boshqa yangiliklar