Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan G`afurov Abduvoitjon Huseynovich Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 41 yoshli A.G`afurov iqtisodchi va dasturchi-muhandis mutaxassisligiga ega.
Ma`lumot uchun: Prezidentning joriy yil 16 iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko`rsatish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qarori asosida tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo`jaliklar negizida Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tashkil qilingan.
Mazkur qarorda tuzilmaga mamlakat bo`ylab tez tibbiy yordam bo`yicha yagona elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va yagona “Call-markaz”lar faoliyatini yo`lga qo`yish, tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar bilan, tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan to`liq ta`minlash, qisqasi, IT-texnologiyalardan samarali foydalangan holda tizimni unikal ko`rinishga keltirish bo`yicha vazifalar yuklatilgan.






