"Hisor" davlat qo`riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi.
Ekologiya qo`mitasi ma`lum qilishicha, Turkiston silovsini O`zbekiston Respublikasi va xalqaro "Qizil kitob"ga kiritilgan bo`lib, hozirgi kunda noyob tur hisoblanadi. G`arbiy Tyan-Shan (Ugom, Piskom, Chotqol) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Ko`hitang) tog` tizmalarining baland qismida yashaydi.
O`zbekistondan tashqarida: Markaziy Osiyo mamlakatlari, Qozog`iston, Mo`g`uliston, G`arbiy Xitoy, Afg`oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonda uchrashi aniqlangan.
Turkiston silovsini Davlat ekologiya qo`mitasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan.






