AsosiyJamiyat

Surxondaryoda direktor boshchiligida 14 mlrd so`mlik binolar talon-toroj qilinganligi aniqlandi

'Surxondaryoda direktor boshchiligida 14 mlrd so`mlik binolar talon-toroj qilinganligi aniqlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan O`simliklar karantini va himoyasi agentligi balansiga o`tishi lozim bo`lgan “O`zagrokimyohimoya“ AJ muassisligida ta`sis etilgan “A.S.S.F” MChJ balansidagi qiymati 14 mlrd. so`mdan ortiq bo`lgan ma`muriy va xo`jalik binolari filial sobiq direktori T.A. va boshqalar tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish va mansab mavqeini suiiste`mol qilish orqali talon-toroj qilinganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishining tergovi davomida 1 nafar shaxsga nisbatan  ayblov e`lon qilinib, ma`muriy va xo`jalik binolari O`simliklar karantini va himoyasi agentligi balansiga o`tkazilishi hamda aybdor shaxslar tomonidan etkazilgan jami 4 mlrd. 200 mln. so`mlik zarar undirilishi ta`minlangan.

Tergov natijasiga ko`ra, jinoyat ishi tasdiqlangan ayblov xulosasi bilan mazmunan ko`rib chiqish uchun tegishli sudlovga yuborildi.

 

    Boshqa yangiliklar