Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari o`tgan hafta davomida elektr energiyasiga bo`lgan talab keskin ortgani yuzasidan videobayonot e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, anomal issiq havo kuzatilgani bois elektr energiyasiga bo`lgan talab so`nggi besh yildagi eng yuqori iste`molni tashkil qilgan.
Jumladan, respublika bo`yicha o`tgan yoz mavsumida havo haroratining eng yuqori vaqtida 224 million kVt. soat energiya iste`mol qilingan bo`lsa, joriy yilning 22 iyul kuni eng yuqori iste`mol qayd etilib, 227 million kVt. soat qayd etilgan. Bu o`tgan yil bilan solishtirganda 6 foizga ko`p degani.
Xususan, Toshkent shahrining o`zida iste`mol tarixiy ko`rsatkichga etgan.
"Bu kuz-qish mavsumida kuzatiladigan iste`moldan ham ko`proq",-deydi Elmira Bekmurodova.






