AsosiyJamiyat

Navoiyda tibbiyot birlashma bosh hisobchisi 5,5 mln. so`m bilan qo`lga tushdi

'Navoiyda tibbiyot birlashma bosh hisobchisi 5,5 mln. so`m bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Xatirchi tumanida ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Xatirchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, tuman tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi B.Sh. fuqaro G.ni tanishlari orqali hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo`yish evaziga 5,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar