To`langan keshbeklar 248 milliard so`mdan oshdi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, iyun oyi uchun 637 115 nafar iste`molchiga 61,9 mlrd so`m keshbek to`landi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-may oylari uchun yana 732,2 mln so`m keshbek tasdiqlandi.
Shunday qilib, yil boshidan buyon 885 829 nafar fuqaroga 248,6 mlrd so`m keshbek to`lab berildi.






