Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev joylardagi ijro hokimiyati rahbarlari bo`lgan hokimlarni tayinlash emas, muqobil nomzodlar asosida saylash masalasini konstitusiyada mustahkamlab qo`yish zarurati kelganini bildirdi.
"Dastlab bu saylov tegishli kengash deputatlarining alohida yashirin ovoz berish yo`li bilan amalga oshirilgani ma`qul. Shunda hokimlarning kengash va deputatlar oldida mas`uliyati ortadi. Bu esa o`z o`zidan deputatlarni saylagan saylovchilar bilan doimo hisoblashish kerakligini anglatadi. Agar aksar saylovchilar qaysidir nomzodga qarshi ekanligini bildirishsa deputat shundan kelib chiqib ovoz beradi", - deyiladi deputat mulohazalarida.






