So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar uchun “UzAuto Motors” kompaniyasining dilerlik aksiyasi nomi ostida o`tkazilgan sosiologik so`rovlarda ishtirok etish bo`yicha takliflar paydo bo`ldi.
“UzAuto Motors” AJ ushbu jamoatchilik fikrini o`rganish bo`yicha so`rovlarga aloqasi yo`qligini rasman ma`lum qildi va fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda.
"Bundan tashqari, ushbu Internet-aksiyasi firibgarlikning barcha belgilarini o`zida namoyon etadi. Ehtimol, kompaniya va xaridorlarga qarshi provokasiya sifatida yaratilgan bo`lishi ham mumkin.
Kompaniya fuqarolarni so`rovda ishtirok etishda avtomobil va`da qilayotgan internet-firibgarlarining hiylalariga tushib qolmaslikka chaqiradi.
Bunday firibgarlik holatlari bo`yicha biron-bir ma`lumotga ega bo`lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilib xabar berishingizni so`raymiz: +99878-141-77-77", - deyiladi kompaniya xabarida.






