AsosiyJamiyat

Andijonlik taniqli tadbirkor 46 yoshida vafot etdi. Hokimlik ta`ziya bildirdi

'Andijonlik taniqli tadbirkor 46 yoshida vafot etdi. Hokimlik ta`ziya bildirdi'ning rasmi

 Bo`ston tumanida «RASH-MILK» korxonasining direktori Mirzaev Rahmiddin Davlatboevichni beshavqat o`lim mehribon ota, sadoqatli do`st va elparvar inson Rahmiddin Mirzaevni 46 yoshida oramizdan olib ketgani haqida xabar bergan edik

Ma`lumot o`rnida:

Raxmiddin Mirzaev 1976 yil 16 avgustda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tavallud topgan. Ushbu inson ta`sischiligi va bevosita rahbarligida viloyatda yirik ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilib, ko`plab yangi ishchi o`rinlari yaratildi. U 2003 yilda birinchilardan bo`lib Bo`ston tumanida «RASH-MILK» korxonasini tashkil etib, qora mollarni parvarishlash, sut xom-ashyosi olishdan tortib undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo`lgan barcha bosqichlarni o`zida mujassam etgan klaster usulini joriy etgan. Korxonada dastlab atiga bir turdagi quruq sut mahsuloti ishlab chiqarilgan bo`lsa, hozirgi kunda 60 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan. Jamiyat tomonidan Germaniya davlatidan 2 ming boshga yaqin naslli qora mollar olib kelingan bo`lib, zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish etilmoqda. Tadbirkor tomonidan 300 ta ishchi o`rni yaratilgan.

Shuningdek, ushbu korxona ta`sischiligida Xo`jaobod tumanida zamonaviy texnologiyalar asosida yiligia 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan bo`lib, hududdagi 400 nafar fuqaro daromadli ish bilan ta`mindi. Tadbirkorning tashabbusi bilan viloyatdagi mahallalarda beton yo`l loyihasi amalga oshirilmoqda.

Hokimlik ta`ziya bildirdi:

"Rahmiddin Mirzaev viloyatning eng sahovatpesha, kambag`allarni qo`llab-quvvatlashga va ijtimoiy sohani rivojlantirishga hissa qo`shib kelayotgan insonlardan biri bo`lib, birgina Qoraqalpog`iston Respublikasining Kegeyli tumani markazida yoshlar uchun 5 milliard so`m mablag` hisobiga 150 o`rinli kutubxona qurilgan bo`lib, bunda uning alohida hissasi bor. Mazkur kutubxona 20 ming dona yangi adabiyotlar hamda 10 ta zamonaviy monoblok kompyuteri bilan jihozlandi. Uning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi ishtiroki, mehnatlari Davlatimiz Rahbari tomonidan yuqori baholanib, 2019 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Andijon viloyati hokimligi Rahmiddin Mirzaevning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolariga, yaqinlariga, shogirdlariga chuqur va samimiy ta`ziya izhor etadi. Doim xalq xizmatida bo`lgan insonning ohirati obod bo`lsin"

    Boshqa yangiliklar