Elektr energiyasi ta`minotida siz yashab turgan xonadon, mahalla, tuman yoki shaharda sodir bo`layotgan rejaviy va avariyaviy uzilishlardan tezkor va ishonchli ma`lumotga ega bo`lishni istasangiz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot (@HET_admin) kanaliga o`z murojaatlaringizni yo`llashingiz mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot Telegram-kanali (https://t.me/hetmuloqot)da elektr ta`minoti korxonalariga ortiqcha qo`ng`iroqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz o`zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimizdan javob olish hamda muammoli masalalarga echim topish imkoniyatiga ega bo`lasiz.






