AsosiyJamiyat

Vaqtincha ishlash uchun Rossiyaga borib, balandlikdan yiqilgan farg`onalik fuqaro vataniga qaytarildi

'Vaqtincha ishlash uchun Rossiyaga borib, balandlikdan yiqilgan farg`onalik fuqaro vataniga qaytarildi'ning rasmi

16 iyul kuni baxtsiz hodisa tufayli balandlikdan yiqilgan A.A. og`ir tan jarohati bois jarrohlik amaliyotini boshidan kechiradi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, u bir muddat o`tib mehnat qilish layoqatini yo`qotganligini aytgan qilgan holda agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilib, O`zbekistonga qaytishda yordam so`ragan.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi tashkil etilgan. 

"Ana shu jamg`arma hisobidan A.A.ga aviachipta olib berilib, vataniga qaytarildi",-deyiladi agentlik xabarida .

    Boshqa yangiliklar