Kuni kecha telegram kanallari orqali Yangihayot tumani "Xushnud" mahallasidagi ariqqa mushuk o`liklari tashlanganligi bo`yicha material e`lon qilingan. Ayni paytda hokimlik hodisa yuzasidan munosabat bildirmoqda.
Ma`lumotga ko`ra, aslida u qoldiqlar qo`ylarniki bo`lib, mahalla fuqarolari tomonidan so`yilib, ariqqa oqizib yuborilgan.
Mazkur holatdan xabar topilgach tuman obodonlashtirish bo`limi xodimlari tomonidan ariq tozalanib, fuqarolarga bunday holatni takrorlamaslik bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.
"Bunday holatlarning kelib chiqishi ekologiya va inson salomatligiga zarar ekanligini inobatga olib, fuqarolarimizdan atrof-muhit tozaligiga bee`tibor bo`lmasliklarini so`rab qolamiz",-deyiladi xabarda.






