AsosiyJamiyat

O`tgan 6 oyda 14 mingta korxonada nazorat tadbiri o`tkazilgan

'O`tgan 6 oyda 14 mingta korxonada nazorat tadbiri o`tkazilgan'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzaevaning qayd etishicha, 5 ming 935 mansabdor shaxsga nisbatan 12 mlrd so`mdan ortiq ma`muriy jarima qo`llanildi.

Qonun buzilishlar eng ko`p xalq ta`limi tizimida (11 ming 916) qayd etilgan. Shuningdek, tibbiyot va maktabgacha ta`lim tashkilotlari ham mehnat qonunchiligi bilan bog`liq eng ko`p muammolar kuzatilgan.

O`tgan olti oyda 623 nafar xodim noqonuniy ishdan bo`shatilganligi sababli ishga tiklandi, 1 ming 584 nafar fuqarolarning 8 mlrd. so`mga yaqin ish haqi undirib berildi.

    Boshqa yangiliklar