Tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanida hokim va IIB boshlig`i mushtlashganiga oid xabar e`lon qilindi. Hokimlik holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 26 iyul kuni tuman hokimligi binosida tuman sektor rahbarlari birgalikda, tumandagi 20 nafardan ortiq fuqarolarni qabul qilingan. Qabul davomida ularning murojaatlari tinglanib, 12 nafar fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilgan. Biroq jarayonda tuman rahbariyati o`rtasida hech qanday ziddiyatli holatlar yuzaga kelmagan.
"Aksincha, fuqarolarning muammolarini barcha tegishli korxona va tashkilotlar orqali ijobiy hal qilingan",-demoqda hokimlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yolg`on, haqiqatga zid xabarlar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud ekanligini eslatib.






