AsosiyJamiyat

Prezident maktablarining 14 tasi "Sambridge" imtihonlarini o`tkazuvchi rasmiy markazga aylandi

'Prezident maktablarining 14 tasi "Sambridge" imtihonlarini o`tkazuvchi rasmiy markazga aylandi'ning rasmi

Xorijiy oliy ta`lim maskanlariga o`qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o`tkazish huquqi Prezident ta`lim muassasalari agentligiga berildi.

Agentlik axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o`tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditasiyasidan muvaffaqiyatli o`tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o`tkazuvchi rasmiy markaz maqomini oldi ega bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, 4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o`tkazilgan bo`lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e`lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ma`lumot uchun, A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.

    Boshqa yangiliklar