Bir necha daqiqalardan so`ng, aniqrog`i 23:59da Oliy ta`lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab, yo`nalish tanlash, tanlangan yo`nalishlarni boshqasiga o`zgartirish imkoni bo`lmaydi.
DTM taqdim etgan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, bugun soat 18:00 holatiga ro`yxatdan o`tgan va yo`nalish tanlagan abiturientlar soni 1 186 343 nafarni tashkil etmoqda. Bu qiymatdan ko`rish mumkinki, mazkur o`quv yilida o`tgan yilgiga nisbatan 200 ming nafardan ko`proq abiturient hujjat topshirgan.
Shundan:
- 392 789 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
- 793 554 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.






