AsosiyJamiyat

Bugun yog`ingarchiliksiz salqin havo bo`lishi kutilmoqda

'Bugun yog`ingarchiliksiz salqin havo bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 34-39°, janubda ba`zi joylarda 42° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo 37-39° gacha isiydi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar