AsosiyJamiyat

Toshkentda "Food fest-2022" o`tkazilishi munosabati bilan ayrim ko`chalar yopiladi

'Toshkentda "Food fest-2022" o`tkazilishi munosabati bilan ayrim ko`chalar yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahrining bir qator hududlarida 29 iyuldan 7 avgustga qadar harakat cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kunlari shaharda "Food fest-2022" gastronomik festivali bo`lib o`tadi. Festival kunlari doirasida qator yo`llar avtotransport harakati uchun yopiladi. Xususan:

Istiqlol ko`chasi — Buyuk Turon ko`chasidan Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo`lgan qismida;

Zarafshon ko`chasi — Istiqlol ko`chasidan va Mustaqillik shohko`chasigacha bo`lgan qismida;

J.Neru ko`chasi — Mustaqillik shohko`chasidan Zarafshon ko`chasigacha bo`lgan qismida.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz va haydovchilardan aylanma yo`llardan foydalanishni iltimos qilamiz”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar