2022 yil 27 iyul kuni 2022-2023 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish yakunlandi.
Ma`lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o`quv yilidan avvalgi yillarda ta`lim muassasalarini tugatgan abiturientlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to`lovni amalga oshiradilar.
Test sinovlari uchun to`lovni amalga oshirmagan abiturientlar ro`yxatdan o`tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.
27 iyul kuni (qabulning so`nggi kuni) ham ko`plab abiturientlar onlayn ro`yxatdan o`tgani va aksariyati to`lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo`shimcha imkoniyat berildi.
Unga ko`ra, test sinovi uchun to`lovni amalga oshirishga ulgurmagan abiturientlar 28 iyul kuni soat 18:00 qadar to`lovni amalga oshirishlari mumkin.






