Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Rossiyaning "Alabuga Development" korxonasi o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq, fuqarolar Tatariston Respublikasi Elabuga shahriga qurilish sohasi bo`yicha ishga taklif etiladi.
Zarur mutaxassisliklar:
- elektromontajchi (50 nafar);
- suvoqchi-bo`yoqchi (80 nafar);
- plitka terish (70 nafar).
- oylik ish haqi ishbay (60 ming rubl);
- Yashash joyi, transport va patentni rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Patentning oylik to`lovi va ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.
Nomzodlar uchun talablar:
- 18-50 yoshgacha;
- qurilish sohasida ish tajribasi;
- rus tilini muloqot darajasida bilish;
- sudlanmaganlik;
- O`zbekistondan chiqishga va Rossiya hududiga kirishga taqiq qo`yilmagan bo`lishi.
Nomzodlar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Qoraqalpog`iston Respublikasidagi filialida 2022 yil 29 iyul kuni bo`lib o`tadigan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov o`tkazish manzili:
Nukus sh., Utepova ko`ch., r/u. "Ishga marhamat" monomarkazi binosining birinchi qavati.
Mo`ljal: "Istiqlol bog`i" - Kvadrat park.
(55) 102-53-32, (55) 102-53-34, (71) 202-33-55 (ichki raqam 88)






