Bu yil oliy o`quv yurtiga hujjat topshirgan abiturientlar soni 1 mln 214 ming 232 nafarni tashkil etdi.
O`tgan yili bu ko`rsatkich 948 211 nafar bo`lgan edi. Bu yil OTMlarga 200 ming nafardan ko`proq hujjat kelib tushgani ko`rinmoqda.
Shundan:
- 395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
- 819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Abiturientlarning ta`lim shakllari bo`yicha taqsimoti qanday?
Birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan:
- Kunduzgi ta`lim — 612 ming 530 nafar;
- Sirtqi ta`lim — 565 ming 902 nafar;
- Kechki ta`lim — 27 ming 417 nafar;
- Masofaviy ta`lim — 8 ming 383 nafar.
Eslatib o`tamiz, bugun ham hujjat topshirish uchun to`lovni amalga oshirish davom etmoqda.






