AsosiyJamiyat

Turkiy davlatlar tashkiloti inson resurslariga bag`ishlangan yig`ilishida O`zbekiston tajribasi taqdimot qilindi

'Turkiy davlatlar tashkiloti inson resurslariga bag`ishlangan yig`ilishida O`zbekiston tajribasi taqdimot qilindi'ning rasmi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo va kuzatuvchi davlatlarning inson resurslari bo`yicha yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda ishtirokchi davlatlarning davlat xizmatida inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tajribasiga oid taqdimotlari o`tkazilmoqda.

Tadbirda O`zbekistonda davlat xizmati transformasiyasi, Agentlik faoliyati, davlat xizmatiga kadrlarni ochiq tanlov asosida qabul qilish tizimi, kadrlar faoliyati samaradorligini KPI asosida baholash tartibi, shuningdek, davlat xizmatchilarining malakasini tizimli oshirib borish mexanizmi haqida ma`lumot berildi.

O`zbekiston tajribasi ishtirokchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar