AsosiyJinoyat

Samarqand davlat chet tillar instituti tyutori 2 ming dollar pora bilan ushlandi

'Samarqand davlat chet tillar instituti tyutori 2 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

Samarqand davlat chet tillar instituti tyutori fuqaroga soxta hujjat tayyorlab, uni o`qishga kiritib qo`yishi uchun 2 ming dollar pora olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda Samarqand davlat chet tillar institutida tyutori Sh.T. pora bilan ushlangan.

U fuqaro F.ni 3500 dollar evaziga Qozog`istondagi OTMning 1-kursini tugatgani to`g`risida hujjat tayyorlab berishini, shu orqali o`zi ishlayotgan institutining 2-kursiga o`qishga kiritib qo`yishini va`da qilgan. Buning evaziga institut xodimi 2000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. boshqa bir fuqaro A.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Guliston davlat universitetiga o`qishga kiritib qo`yishini aytgan. U buning evaziga 5000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar