AsosiyJamiyat

Fan olimpiadalarida o`rin olgan yoshlar 150 million so`mgacha bo`lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi

'Fan olimpiadalarida o`rin olgan yoshlar 150 million so`mgacha bo`lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi'ning rasmi

Xalqaro fan olimoiadalarida faxrli o`rinni egallagan yoshlar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. Bu haqda Prezident ta`lim muassasalari agentligi xabar berdi.

Xabaringgiz bor, iyul oyida o`zbekistonlik o`quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida qatnashib faxrli o`rinlarni qo`lgan kiritishgan.

Jumladan, Norvegiyaning Oslo shahrida o`tkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida Lazizbek Rajabboev bronza medalini, Armaniston davlatida o`tkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida Aziza Abduvalieva bronza medalini, Xitoyda masofaviy tarzda o`tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida o`zbekistonlik o`quvchilar 4 ta kumush medalni qo`lga kiritishgandi.

O`zbekiston bayrog`ini yuksaklarga ko`targan shu kabi 1 qator bilimli yoshlar va ularning ustozlari pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Xususan, nufuzli xalqaro olimpiadaning oltin medal sohibiga 150 million, o`qituvchisiga 135 million so`m, kumush medal sohibiga 90 million, o`qituvchisiga 75 million so`m, bronza medal sohibiga 60 million, o`qituvchisiga 45 million so`m pul mukofotlari taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar