AsosiyJamiyat

Sohaga so`nggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar yo`naltirildi — Prezident

'Sohaga so`nggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar yo`naltirildi — Prezident'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori bo`lgan IT sohasidagi etuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv o`tkazish uchun keldim.

Biz bugun birgalikda echimlarini topadigan masalalar butun O`zbekiston yoshlarining IT  sohasidagi intilishlariga katta turtki va motivasiya berishiga ishonaman”, dedi davlatimiz rahbari.

Dunyoda IT xizmatlari shiddat bilan rivojlanmoqda. Jahonda bu sohaning o`sish sur`atlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trillion dollarga etadi.

“Biz ushbu bozorda mustahkam o`rin egallash borasida katta islohotlarni boshladik. Sohaga so`nggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar yo`naltirildi.

Bundan uch yil oldin IT parklar tashkil qilib, ularga alohida soliq rejimini joriy etdik", dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar