Innovasion rivojlanish vazirligi yosh olimlarni Vengriya qishloq xo`jaligi va tabiiy fanlar universitetiga hamda Turkiya Fanlar Akademiyasi va Turkiyaning “TUBITAK BILGEM” Informatika va axborot xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida e`lon qilingan maqsadli tanlovlar va boshqa tanlovlar yakuniy natijalari to`g`risida axborot berdi.
Qayd etilishicha, endi 46 nafar yoshlar etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar(markazlar, universitetlar va boshqalar)da qisqa muddatli ilmiy stajirovka o`taydilar.
Vazirlikning ma`lum qilishicha, nomzodlar tomonidan rejalashtirilgan stajirovkaning davomiylik muddati Maxsus ekspert guruhida tasdiqlangan stajirovka muddatidan oshmasligi shart.






